Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Respublika neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari sarhisob etilib, istiqboldagi vazifalar rajalashtirilmoqda (Foto)
13.11.2021 09:01,  
31

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash maqsadida neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarining joriy holati va yil yakuni hamda 2022 yil uchun istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan ikki kunlik “Kuzgi muhokama” tadbiri boshlandi.

Ushbu tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Qobil To‘xtayev, Davlat geologiya qo‘mitasi Boshqaruvi raisining maslahatchisi Nuriddin Muxutdinov, “O‘zbekgeofizika” AJ va IGIRNIGM DM rahbar va mutaxassislari, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarining bosh geologlari ishtirok etishmoqda.

Yig‘ilishda dastlab 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini tashkillashtirish, loyihalashtirish hamda istiqbollarni belgilash tadbirlarini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot taqdim etildi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari, 3D seysmik-qidiruv ishlarini bajarish holati, yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish, izlov-qidiruv burg‘ilash ishlarini bajarish, quduqlarni qurilish bilan tugatish bo‘yicha bajarilgan ishlarning amaliy natijalari haqida hisobot berildi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida belgilangan vazifalar ortig‘i bilan bajarilganligi alohida qayd etildi.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJ geologiya-qidiruv ishlaridan olingan yangi geologik-geofizik va burg‘ilash ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish asosida yil yakuniga qadar bajariladigan geologik tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, uglevodorod zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilda Respublika uglevodorod xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirishga maqsadida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy parametrlari, maqsad va vazifalari, shuningdek, qo‘shimcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturning asosiy parametrlari taqdim etildi.

Tadbirda shu bilan birga, “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan neft va gazli hududlarda 2D va 3D seysmik-qidiruv ishlari, kon-geofizik tadqiqotlar, quduqlarni sinash, kern namunalarini tahlil qilish, zaxiralarni hisoblash borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida, shuningdek, IGIRNIGM DM tomonidan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlariga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash loyihalarini hamda smeta-hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Ustyurt regioni bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlarining natijalarini batafsil muhokama qilindi.

Tadbirning ikkinchi kunida Respublikaning Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Hissor regioni hamda Farg‘ona vodiysida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini to‘liq muhokama qilinib, istiqbolli yo‘nalishlarni, shuningdek 2022 yilda 20 ta yangi maydonlarni aniqlab olish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан