Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Respublika sanoat yarmarkasida kooperatsiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha aniq muzokaralar o‘tkazildi (Foto)
18.12.2021 18:58,  
26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq joriy yilning 14-18 dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tarmoq korxonalari, vazirlik va idoralar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan mazkur tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan investitsiya loyihalari hamda tarmoq korxonalari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, mutaxassislar tomonidan yuzma-yuz muloqot formatida mahalliy va xorijiy korxona vakillari bilan muzokoralar o‘tkazilmoqda.

Yarmarkaning birinchi kunida “O‘zbekneftgaz” AJ stendiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova va boshqa mehmonlar tashrif buyurishib, tarmoqda sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan ishlar bilan tanishishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tashabbusi bilan 2021 yilning noyabr oyida Qarshi shahrida o‘tkazilgan yarmarka, unda erishilgan aniq natijalar, tadbirga xorijiy hamkorlarni ham taklif etilgani, ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish tajribalari mehmonlar tarafidan e’tirof etildi. Shuningdek, kelgusida import tarkibini chuqur tahlil qilish asosida aniq loyiha takliflari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlash joizki sanoat yarmarkasining birinchi kuni ikkitomonlama hamkorlikni o‘rnatish va yanada kengaytirishga qaratilgan amaliy ishchi muzokara va uchrashuvlarga juda boy bo‘ldi. Xususan, “Kukil Gaspacks” MChJ bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining issiqlik almashtirgichlari uchun spiral o‘ralgan metall prokladkalarni taqdim etilgan texnik shartlar asosida ishlab chiqarish kelishib olindi.

Bundan tashqari, quyidagi mahalliy korxonalar bilan kelishuvlarga erishildi:

• “Manokip” MChJ bilan “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarmoq korxonalari ehtiyoji asosida bosim o‘lchas asboblarini ishlab chiqarish va ularni ishlab chiqarish bazalarda sanoat-tajriba sinovlaridan o‘tkazish;

• “Navpromlitmash” MChJ bilan har xil o‘lchamdagi issiqlik almashtirgichlarni o‘zlashtirish, quvur mahsulotlarini yetkazib berish;

• “Oil filter Technologies” MChJ bilan Gazli gazni qayta ishlash zavodining 2022 ehtiyojlari uchun 200 dona “Peach” markali hamda 20 dona “Indufin” markali filtrlarni yetkazib berish;

• “Uzpromarm” MChJ bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ehtiyojlari uchun API standartlariga mos zadvijkalar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘rgazma yakuniga qadar investitsiya loyihalari hamda tarmoq korxonalari ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan tovar va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolash ishlari davom ettiriladi.

Barcha tadbirkorlik sub’yektlarini “O‘zbekneftgaz” AJ bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatishga taklif etamiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан