Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz”: Rossiyaning qator moliyaviy institutlari bilan 257,3 mln dollar miqdorida hamkorlik shartnomalari imzolandi
19.11.2021 20:23,  
34

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston-Rossiya ikki tomonlama hamkorlikni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan, Rossiyaning “VEB.RF” banki, “EKSAR”, “Gazprombank” va “Bank GPB International S.A.” kompaniyalari  bilan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida uglevodorodlar xom ashyosi qazib olishni ko‘paytirish dasturini moliyalashtirish doirasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.

“VEB.RF” kuzatuv kengashi rahbari o‘rinbosari D.V. Algulyan, "EKSAR" bosh direktori N.V. Gusakov, “Bank GPB International S.A.” Boshqaruv raisi D.N. Derkach hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullayev ushbu bitimlarni imzoladilar.

Ushbu bitimlar "VEB.RF", "EKSAR" AJ, "Gazprombank" AJ va “Bank GPB International S.A.” ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ish va xizmatlar ko‘rsatish hamda Rossiya mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish uchun 257,3 mln dollar miqdorida bo‘lishiga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJning  yuqorida keltirilgan moliyaviy institutlar bilan “GTL” zavodining qurilishi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va boshqa ko‘plab investitsion loyihalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilingan. 

Ta’kidlash joizki, uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‘paytirish Dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotini ta’minlash maqsadida o‘z ichiga burg‘ilash, quduqlarni qayta ta’mirlash va texnologik ob’yektlarni qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni qamrab oladi.  

Dastur amalga oshirilgandan buyon 430 ta quduq qurilishi yakunlandi, 328 ta mavjud quduq kapital ta’mirlandi, “G‘arbiy” konida blok-modulli kompressor qurilmasi ishga tushirildi, “Samontepa”, “Uchqir”, “Alan”, “Zevarda” siquv kompressor stansiyalari barpo etildi, shuningdek,  dastur doirasida “Arslon” konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi, “Dengizko‘l” va “Janubiy Tandircha” siquv kompressor stansiyalarida qurilish-montaj ishlari 
olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан