Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekneftgaz» talabalar uchun stipendiya joriy qildi
10.07.2020 11:27,  
264

«O‘zbekneftgaz» AJ I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali talabalari uchun “Boshqaruv raisining stipendiyasi”ni joriy etdi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Stipendiya "talabalarni rag‘batlantirish va motivatsiya qilish, ularni bilim olishga va ilmiy-tadqiqot faoliyatga jalb qilish hamda intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish maqsadida" joriy etildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining stipendiyasi fuqarolik mansubligidan qat’iy nazar, o‘quv, ilmiy va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirishga hissa qo‘shgan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun beriladi.

Stipendiya har o‘quv yili uchun har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 tagacha talabaga, 1 sentyabrdan boshlab, 1 yil muddatga har oyda to‘lanadi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM)ning 1 barobari ( hozirda 679 330 so‘m - sof.uz) da belgilangan bo‘lib, uchinchi kursdan boshlab, boshqa stipendiyalarni olishidan qat’iy nazar, so‘nggi ikki sessiyani «a’lo» baholarga topshirgan talabalarga to‘lanadi.

Shuningdek, stipendiatlarga «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Sertifikat beriladi va o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng neft-gaz tizimi korxonalariga ishga joylashishlari uchun qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladilar.

Mavzuga doir: Jurnalistika universiteti talabalari uchun Behbudiy nomidagi stipendiya joriy etiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан