Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekneftgaz” to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga chiqariladigan tabiiy gaz zaxirasini aniqladi
25.02.2020 21:05,  
393

“O‘zbekneftgaz” AJ Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 2011 yilda faoliyati tugatilgan quduqdan oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasini topdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, “Gazli” neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Uchqir” gaz-kondensat konidagi 203-sonli quduq 1968 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, uzoq yillar mamlakatimiz neft va gaz sanoati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib keldi.

Quduq 2011 yilgacha to‘liq faoliyat olib borib, u yerdan tabiiy gaz olingan va keyinchalik quduq faoliyati tugatilib, “Tugatilgan quduqlar fondi”ga o‘tkazilgan edi.

Quduqning 14-qatlamida, ya’ni 1638-1628 metr, 1618-1616 metr chuqurlikda perforatsiya ishlari o‘tkazilib, uni ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash ishlari sababli esa faoliyati tugatilgan quduqda oltingugurtsiz tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi aniqlandi va hozirda kunlik 100 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz qazib olinishi ham yo‘lga qo‘yildi.

Konning 14-qatlamidan olinayotgan oltingugurtsiz tabiiy gaz  qo‘shimcha qayta ishlashni talab qilmaydi, ushbu quduqdagi tabbiy gazni to‘g‘ri iste’mol uchun yo‘naltirsa bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан