Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar haqida xabar berganlik uchun 24 500 so‘m miqdorida rag‘bat e’lon qilindi
22.03.2021 17:08,  
694

Yana bir sohada qonunbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti berish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab foto va video orqali yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, undan maqsadsiz foydalanish, ularda noqonuniy ob’yektlar qurish hamda tegishli hujjatlarda belgilanganidan ortiqcha yerdan foydalanish to‘g‘risida aniqlangan holatlar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish taklif qilinmoqda.

Ularga huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 10% (24 500 so‘m) miqdoridagi pul mukofoti berilishi mumkin.
Qonun loyihasi bilan 2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi ajratilgan yer uchastkasi yoki qurilgan (qurilishi tugallanmagan) boshqa ko‘chmas mulk ob’yektining fasad qismida ularning egalari tomonidan QR-kod joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shu maqsadda 1 avgustgacha barcha yer fondi uchastkalari, bino va inshootlar, shu jumladan yengil qurilmalar xatlovdan o‘tkazilib, davlat reyestriga QR-kod biriktiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан