Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zekspomarkaz»dagi koronavirus bemorlarini Taqsimlash markazi deyarli tayyor​ – Toshkent shahar hokimligi​
23.07.2020 17:00,  
215

Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zekspomarkaz»dagi Taqsimlash markaziga borib, bu yerdagi sharoitlar va mazkur maskanning bemorlarni qabul qilishga qanchalik tayyorligini ko‘zdan kechirdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hokim markazga keluvchilarning xavfsizligini ta’minlash, ularni taqsimlash va joylashtirish uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ta’kidlash joiz, COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq tashxis qo‘yish va zarur birinchi yordamni ko‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur markaz bemorlarni qabul qilishga deyarli tayyor.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bu yerda virus borligiga gumonlangan shaxslar vaqtincha saqlanib, ularga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi va tashxis qo‘yilganidan keyin salomatligining holatiga ko‘ra shahrimizdagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltiriladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Zarurat yuzaga kelganda bu yerdan shifoxona sifatida foydalanish uchun ham kerakli sharoitlar yaratilgan, buning uchun markaz talab etilgan tibbiyot jihozlari va uskunalari bilan ta’minlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан