Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga bepul beriladigan tovarlar ro‘yxati yangilandi
21.05.2020 19:23,  
207

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi (307-son, 20.05.2020 y.).

Jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda nafaqalar va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

- bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari;

- bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi boshqa shaxslar.

Shuningdek, endilikda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad ushbu xo‘jalikni yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,035 miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ilgari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,071 miqdoriga ko‘paytirib aniqlangan.

Bundan tashqari, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati yangilandi.

Ro‘yxatga karantin tadbirlari amal qilish davrida qo‘shimcha ravishda bepul beriladigan quyidagi mahsulotlar qo‘shildi:

- bir marta ishlatiladigan steril niqob;
- bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar;
- suyuq yoki gel holatidagi aniseptik;
- antibakterial sovun.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda hozirga qadar 15 turdagi mahsulot mavjud edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан