Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar qaysi mahsulotlar bilan bepul ta’minlanadi?
18.12.2021 18:08,  
162

O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta’minlanadi:

● un (oliy nav) – 3 kg;

● guruch – 1 kg;

● grechka yormasi – 0,5 kg;

● makaron mahsulotlari – 0,5 kg;

● mol go‘shti (suyaksiz) – 1 kg;

● xonaki parranda go‘shti – 1 kg;

● sariyog‘ – 0,2 kg;

● tuxum (dona) – 15 dona;

● qand-shakar – 1 kg;

● kungaboqar yog‘i – 1 litr;

● ko‘k yoki qora choy – 0,2 kg;

● atirsovun – 0,1 kg;

● kirsovun (65%) – 0,2 kg;

● kir yuvish poroshogi – 0,15 kg;

● katta yoshdagilar uchun taglik gazmol – 8 dona;

karantin davrida qo‘shimcha:

● bir marta ishlatiladigan steril niqob – 10 dona;

● bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar – 10 dona;

● suyuq yoki gel holidagi antiseptik – 250 ml;

● antibakterial sovun – 0,1 kg.

Bunda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan quyidagi shaxslar kiradi:

● farzandlari, eri (xotini) va ota-onasi bo‘lmagan;

● vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan.

Mazkur mahsulotlarni olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarni yetkazib berish uyda parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан