Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgidromet: bu hafta ob-havo barqaror bo‘lmaydi
4.05.2020 15:43,  
357

O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy tumanlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan navbatdagi nam havo oqimi kirishni boshladi.

Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechqurunga borib esa Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga mamlakatimiz hududining katta qismida ob-havoning nobarqaror bo‘lishi kutilmoqda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ib momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga yaqin mamaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ob-havo asosan kam bulutli va quruq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 6 may kuni ham ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ib momqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Ko‘pincha bahorda bo‘lganidek, 4-6 may kuni kutilayotgan yomg‘irlar ayrim joylarda (lokal) kuchli bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

Bu kunlarda havoning harorati 23-28 daraja, yomg‘ir yoqqanda 20-23 darajani tashkil qiladi.

Xaftaning ikkinchi yarmi yaxshi ob-havo bilan boshalanadi. 7-8 may kunlari butun mamalakatimiz hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.

9 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha yana ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

4-7 may kunlari respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida sel kelishi xavfi bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан