Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgidromet chang-qumli bo‘ron sababini ma’lum qildi
4.11.2021 22:21,  
1518

Mamlakatimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron xodisalari kuzatilmoqda.

Hodisaga O‘zgidromet izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida xabar berilgan.

«Sovuq front zonasida shamolning 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi.

Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi.

Ayni damda shamol tezligi 5-10 m/s va tunggi 24:00gacha prognoz qilinadi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан