Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zgidromet» dam olish kunlari ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi
14.01.2022 15:53,  
131

Respublika Gidrometeorologiya markazi 15—16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 15—16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida ham shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

15—18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан