Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zgidromet» dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishini ochiqladi
29.10.2021 13:52,  
347

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida esa kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu oktyabr oyi oxirgi kunlari me’yoridan 4-5 daraja pastdir.

Ertaga O‘zbekistonda bulutlilik nisbatan kam bo‘ladi, yog‘ingarchilik hatto tog‘li hududlarda kutilmaydi. Kechasi sovuq bo‘ladi, kechasi va ertalab harorat 0-3 daraja iliqgacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh havoni 16-19 daraja iliqqacha isitadi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha havoda yana bulut ko‘payishi kutilmoqda, O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tog‘larda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан