Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zgidromet» hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘ladi
3.01.2022 14:38,  
244

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3—4 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq atrofida va me’yorga yaqin bo‘ladi.

3—4 yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан