Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmidan sovuq havo butun respublikaga tarqalishidan ogohlantirdi
18.10.2021 13:58,  
669

O‘zgidromet Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yangi haftaning o‘rtalariga qadar kam bulutli va o‘rtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat fonining yuqoriligi saqlanib qoladi — kechasi +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 daraja.

Chorshanba kuni faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo massasi kirib kela boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, havo harorati pasaya boshlaydi.

Payshanba kuni nam va sovuq havo massasi respublikaning butun hududiga tarqaladi. Ko‘p viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Eng chekka sharqiy hududlarlarda kechqurun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 

Ammo, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+18 darajagacha pasayadi, bu me’yordan 2-4 daraja past.

Juma kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi +8…+13 darajani tashkil etadi. Bu iqlim me’yoridan 6-7 daraja past.

21-22 oktyabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilib, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol 15-20 m / s gacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, 22-23 oktyabr kunlari O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida tuman tushishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан