Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zgidromet» jazirama qachondan chekinishi bo‘yicha ma’lumot berdi
26.07.2021 19:51,  
1201

Bugun O‘zbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari 41-44° ni, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46° gachani tashkil etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda. 

Ertadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40°, ba’zi joylarda janubda 42° gacha, shimolda 34-37° atrofida bo‘ladi.

Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35° ni tashkil etadi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi, ba’zi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3° past bo‘ladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан