Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zgidromet" yaqinlashib kelayotgan kuchli sovuq haqida xabar qilmoqda
20.01.2021 10:50,  
1073

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 21-23 yanvarda O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

21 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.

22 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha; shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-8° sovuqgacha pasayadi.

22-23 yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 8-10° ga past bo‘ladi.

Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан