Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan buxorolik ayol jazolandi
14.02.2020 16:23,  
4999

Payg‘ambarlik da’vo qilgan buxorolik ayolga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayin qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasining 13 fevral soni xabar qilindi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo‘ynav qishlog‘ida yashovchi ayol o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi. Ismi oshkor etilmagan ayol o‘ziga vahiy kelayotgani va g‘ayb xabarlari asosida “Tuhfa” deb atalgan kitob tartib qilayotganini iddao qilgan. 

Qayd etilishicha, soxta da’vo bilan chiqqan ayol “Tuhfa” kitobida Muhammad alayhissalom oxirgi payg‘ambar ekani va Qur’oni karim ilohiy kitob ekanini rad etgan. 

Ayol Buxoro davlat universitetini bitirgan qizini ham ushbu ishga jalb etgan. 

Ma’lum qilinishicha, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallar tayyorlash va tarqatish jinoyatini sodir etishda ayblangan ayolga sud 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan. Jinoyat ishiga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан