Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zini “viloyat hokimining qarindoshi” deb tanishtirgan firibgar yana qamaldi
12.03.2021 10:47,  
358

Surxondaryolik Alliqul Kuliyev (ism shariflar o‘zgartirilgan) firibgarlikni haddisini olgan, ko‘plab tanish va do‘stlarining ishonchini suiiste’mol qilgan, ya’ni “oyog‘idan chalgan” o‘z sohasining aslaridan biri hisoblanadi. Qonun oldida bir necha marotaba javob berishiga qaramay, “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, deganlaridek, u qing‘ir ishlarini davom ettirdi deb xabar bermoqda — UzA.

Endigi hunari hammasidan oshib tushdi. Avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi qurish uchun yer maydoni olmoqchi bo‘lib yurgan fuqaro A.N.ni “viloyat hokimi qarindoshim bo‘ladi, shu kishi bilan gaplashib, tadbirkorlik faoliyatingizni amalga oshirishingiz uchun 0.50 gektar yer maydoni olib beraman” deb o‘z yolg‘onlariga ishontiradi. Buning uchun mansabdor shaxslarga pora berish kerakligini aytib 170 million so‘m miqdoridagi pulni oladi. Pullarni hech ikkilanmay o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Bundan tashqari, Alliqul Kuliyev Termiz shahridagi “Azizbek” restoraniga ovqatlangani borib, restoran rahbari I.A.ning ishonchini qozonadi. Uning pullarini ham firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Unga o‘zini yirik tadbirkor sifatida tanishtirib restoranda ovqatlangan pullarni tez kunda to‘lab ketishini aytib aldaydi. Shuningdek, I.A.ni “arzon narxda muzqaymoq ishlab chiqaradigan apparat olib kelib beraman” deb aldab 2 million 100 ming so‘m pulini oladi. Bu pullarni ham o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. A.I.ga jami 3 million 310 ming 500 so‘mlik moddiy zarar yetkazadi.

Sudlanuvchi Alliqul Kuliyev sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, haqiqatdan ham A.N.dan hokimiyat orqali avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ochish uchun yer maydoni olib beraman deb 68 million so‘m pul olganini, A.N. esa 170 million so‘m berganman, deb tuhmat qilayotganini bildirgan.

Bunga sabab qilib A.N.ning qizi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan vaqtda u otasining puli ko‘p ekanligi, otasining pullarini avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ochamiz, deb aldab olishni taklif qilganini aytgan. A.N.dan olgan pullarining aksariyat qismini uning qiziga kiyim-kechak, uy jihozlari olib berishga sarflab yuborganini qayd etgan.

Da’vogar A.N.ning aytishicha, Alliqul Kuliyev viloyat hokimi qarindoshi ekanligini, akasi Milliy gvardiyaning boshlig‘i, hokimning qo‘riqchisi ekanligini aytib, pochchasi viloyat hokimi orqali istalgan joydan yer olib berishini, tuman hokimi viloyat hokimining aytganini qilishini aytib uni ishontirgan.

Alliqul Kuliyev A.N.ga Oltinsoy tuman hokimi nomidan 2019 yil 5 oktyabr kuni chiqarilgan, qizining nomiga 42 sotix yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Q-164-sonli soxta qaror nusxasini bergan. Shundan so‘ng voqealar yanada chigallashgan.

Surxondaryo viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudi Sho‘rchi tuman IIB binosida mazkur ish yuzasidan ochiq sayyor sud o‘tkazdi.

Sud davlat ayblovchisining xulosasi, sudlanuvchining ko‘rsatuvi, himoyachining himoya fikrini tinglab, Alliqul Kuliyevning aybi o‘zining qisman iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvlaridan tashqari, sudda so‘ralgan guvohlarning ko‘rsatuvlari va jinoyat ishida to‘plangan hujjatlar bilan jinoyat ishi o‘z tasdig‘ini topgan, deb hisoblaydi.

Sud sudlanuvchining harakatlarida jazoni yengillashtiruvchi holatlar yo‘q, deb baholab, uning ilgari 6 marotaba jinoyat sodir etib sudlanganidan so‘ng, qasddan yangi jinoyat sodir etganligini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb baholadi.

Barcha holatlar chuqur o‘rganilib, sud o‘z so‘zini aytdi.

Sud hay’ati sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli bandlariga asosan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari tartibida sudlanuvchiga Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining 2015 yil 18 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘shishlik yo‘li bilan, uzil-kesil o‘tashlik uchun 10 (o‘n) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar hukm nusxasini olgan kundan boshlab, o‘n sutka ichida jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga shikoyat berish yoki protest bildirishga haqli ekani tushuntirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан