Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zini Xudo deb e’lon qilgan qirg‘izistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
19.10.2019 22:39,  
2699

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi Arstanbek Abdildayev (Arstan Alay)ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deya xabar bermoqda 24.Kg nashri. O‘zini Xudo deb e’lon qilgan Abdildayev “irqiy, etnik, milliy, diniy yoxud mintaqalararo nifoq qo‘zg‘ash” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Arstanbek Abdildayev sentyabr oyining oxirida o‘zini “yangi xudo” deb e’lon qilgan edi.

“Xudo bitta odamga – Arstan Alayga Koinot quvvatini in’om qildi va shuning uchun o‘zimni yangi xudo deb hisoblayman! Men yuqoridan berilgan vazifani ado etyapman”, – dedi u.

Uning aytishicha, 2020 yilda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishdan ketishga majbur bo‘ladi, prezidentlik kursisiga esa Abdildayevning o‘zi o‘tiradi.

Abdildayevning xudolikka da’vosini 16 oktyabr kuni mamlakat parlamenti deputati Ulug‘bek Ormonov ko‘tarib chiqdi. Unga javoban Din ishlari qo‘mitasi raisi Zayirbek Ergeshov ekspertiza o‘tkazilishini va uning natijasiga qarab qaror qabul qilinishini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан