Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zLiDeP yetakchisi: Muxolifatchi partiya shakllanishi uchun vaqt, sabab va omillar kerak
18.01.2020 15:04,  
340

O‘zbekistonda muxolifat partiyasini tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar bor va besh yil bunday partiyaning shakllanishi uchun yetarli muddat.

Bu haqda O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Hayitov partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tasis yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlar bilan muloqotida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Yig‘ilishda partiyadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 53 nafar deputatdan iborat O‘zLiDep fraksiyasini tasis etish bo‘yicha taklif o‘rtaga tashlandi. Fraksiya rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Hayitov nomzodi taklif etildi va ma’qullandi.

MAVZUGA DOIR: O‘zLiDeP Bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi

Yig‘ilishdan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot qilgan O‘zLiDeP yetakchisi “Muxolifat partiyasi haqida gapirilyapti, u ichkaridan chiqishi kerak, degan fikrlar yangramoqda. Ichkarida muxolifat partiyasi shakllanishi uchun besh yil yetarli muddatmi?”, degan mazmundagi savolga quyidagicha javob berdi.

"So‘nggi vaqtlarda muxolifat partiyasi bo‘yicha ko‘p fikrlar bildirilyapti. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha aniq fikrlarini bildirdi. Haqiqatan ham, muxolifat partiyasi o‘zimizning oramizda shakllanib, rivojlanib va, albatta, yetakchi partiyalarga nisbatan o‘z fikrini dadil ayta olishi kerak.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev: «Xorijdan keladigan muxolifatga qarshiman»

Menimcha, besh yil — kichik muddat emas. Jamiyatimizda muxolifat partiyaning tashkil etilishiga asos bo‘ladigan imkoniyatlar va shunga imkoniyat beradigan sharoitlar yaratilgan. Muxolifat paydo bo‘lishi uchun ma’lum bir muddat kerak, ma’lum bir sabablar, omillar kerak.

O‘ylaymanki, bo‘lajak besh yil bu boradagi muhim tashabbuslarga qadam bo‘ladi. Muxolifat partiyasining paydo bo‘lishi fikrlar xilma-xilligiga, ko‘plab muammolarning boshqa tomondan ko‘rib chiqilib, yechilishiga sabab bo‘ladi, degan umiddaman".

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonda muxolifat qanday shakllanadi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан