Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OʻzLiDeP vakili «Milliy tiklanish»ning taklifini Konstitutsiyaga zid deb atadi
29.11.2019 15:26,  
539

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP a’zosi Dilorom Fayziyeva “Milliy tiklanish” DP a’zolari tomonidan ilgari surilgan taklifni Konstitutsiyaga zid deb atadi.

“...saylovoldi tashviqoti bahonasida “Milliy tiklanish” DP a’zolari tomonidan 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor ayollarning maoshlariga ta’sir qilmagan holda, ish vaqtini qisqartirish taklifi ilgari surilayotgani turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Albatta, uy yumushlari zimmasiga yuklangan ayollarning muayyan qismiga bunday taklif juda yoqishi va bu bilan mazkur partiya saylovlarda o‘ziga xayrixoh bo‘ladigan insonlarni ko‘paytirishni ko‘zlagani hech kimga sir emas“.

Maqolada ayol qizlarning huquq va erkinliklarning ta’minlovchi normalar milliy va xalqaro qonunchilikda yetarlicha ekani ta’kidlangan. Misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari keltirilgan.

“Hozirgi vaqtda milliy qonunchiligimizda ayollarimiz uchun yaratilgan huquqlar va imkoniyatlarning kafolatlanishini mustahkamlash barobarida, davlatimiz va jamiyatimiz xotin-qizlarga nisbatan kamsituvchi qarashlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirayotgan bir paytda, ayollarning ish vaqtini qisqartirish taklifi bilan chiqilishi rivojlangan mamlakatlar qatorida o‘rin olishga yuzlangan O‘zbekiston sharoitida qanchalik o‘rinli? O‘ylab ko‘raylik-chi, masalaning bunday qo‘yilishi jamiyatimiz hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Birinchidan, bunday yondashuv Konstitutsiyamizga zid bo‘lib, barcha qonunlarimizda mustahkamlangan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi tamoyiliga rioya qilinmasligini keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotda, davlat va jamiyat hayotida faol ayollarning bor imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi“.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан