Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zMTDP deputati Jahongir Ziyayev: “O‘quvchilarga jamoat transportida tekin yurish huquqini beraylik!”
23.01.2021 22:14,  
186

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun “Hokim stipendiyasi” joriy qilishini ma’lum qildi.

Hozircha uning miqdori qanchaligi aniq bo‘lmasa-da, bu ezgu tashabbus yoshlarga motivasiya berishi turgan gap. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gap ketar ekan, menimcha, o‘quvchilarning jamoat transportida bepul yurish masalasini hal qilish vaqti keldi. Ko‘plab davlatlarda o‘z fuqarolariga shunday huquq berilgan bir paytda, kelajagimiz egalariga bunday imkoniyatni yaratmayotganimiz ajablanarli. Masalan, Lyuksemburgliklar uchun transportda yurish bepul. Estoniya poytaxti Tallinda esa 2013 yildan buyon odamlardan yo‘lkira so‘ralmaydi. Shveysariya, Avstraliya, Fransiya, AQSH, Xitoy, Malayziya… Ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Bu shaharlarda tirbandlik muammosini hal qilish bilan birga, soliq to‘lovchilar sonining keskin ko‘payishiga ham sabab bo‘lgan ekan.

Ma’lumki, hech qaysi davlatda jamoat transporti o‘z xarajatlarini deyarli qoplamaydi. Soha byudjetdan subsidiya yoki imtiyozli kredit ajratish orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham. O‘quvchilardan yo‘lkira olganimiz bilan baribir plan bajarilmas ekan, unda farzandlarimizga shunday imkoniyatni beraylik. Bu bilan yoshlarimizning bilimini yanada oshirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Chunki qanchadan qancha o‘quvchilar qo‘shimcha ta’lim olish uchun u yoqdan-bu yoqqa yuguradi. Yo‘lkirani o‘ylab, boraolmayotganlar qancha? Shu o‘rinda yana bir gap: shahar transportidan bepul foydalanuvchilar ro‘yxatiga oyiga 3-4 million so‘m maosh oladigan ichki ishlar xodimlari kiritilmagan bo‘lsa-da, negadir “konduktor”lar ulardan yo‘lkira so‘ramaydi. Ammo puli yo‘q o‘quvchilar yo avtobusdan tushirib yuboriladi yoki “yaxshi” gaplar bilan siylanadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан