Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ozodbek Nazarbekov: "Dindan kerak bo‘lsa arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan. Nahot o‘sha paytlarda yashagan san’at, musiqa bugun haromga chiqib qolsa, 4 ta odamni deb"
24.05.2021 19:10,  
985

"Toshkent besh tashabbus" harakati doirasida hukumat vakillari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, bloger va jurnalistlar muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Tadbirda qatnashayotgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Muloqotda Ozodbek Nazarbekov oxirgi vaqtlarda ko‘plab san’atkorlarning dinni pesh qilib sohani tark etayotgani hamda ularning san’atni harom deb atayotgani haqidagi fikrini so‘rashdi.

«Dinni yaxshi bilmasdan turib, dinni yaxshi tushunmasdan turib, jamoat oldiga chiqib, xalq oldiga chiqib, minbardan turib dindan gapirish uchun, kechirasizu meni nazarimda, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak. 25 yillik, kamida, eng kamida...

Yetarli darajada bilim olib, undan keyin din nomidan gapirish menimcha sal yarashadi. Lekin o‘zi kuni kecha umuman boshqa hayot tarzini boshidan kechirib turgan odam bir kunda sahnaga chiqib dindan gapirishi g‘alatiroq menimcha. Lekin, albatta, har bir insonni e’tiqodiga aralashishga hech kimni haqqi yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish ham sal noto‘g‘riroq narsa.

Endi bu san’atimizni harom deyish uchun, buni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri gap ekanligini ajratib olish uchun juda katta aql shart emas. Sababi, agar shu daraja musiqa yoki san’at dinimizda harom bo‘lganida bugungacha yetib kelmas edi. Amir Temurni o‘zi qirib yuborardi.Bizda diniy bilim ufurgan bir davrda san’at qolmagan bo‘lardi. O‘zbekistonni san’ati yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Musiqa san’ati mutlaq bugun bizgacha kelmas edi. Chunki biz yaxshi bilamiz dinni dunyoga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan, nafaqat bu boshqa yo‘nalishlarda ham. Dindan kerak bo‘lsa arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan. Nahot o‘sha paytlarda yashagan san’at, musiqa bugun haromga chiqib qolsa, 4 ta odamni deb. Bu o‘sha qaysidir ma’noda dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan.

E’tiqod, iymonda inson bir gavhar topgandek o‘zini tutolmay qoladi. Shu paytda sal ustozlar bilan maslahatlashib ish ko‘rgan to‘g‘ri bo‘ladi menimcha», deydi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан