Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Ozodlik»ning Qirg‘iz xizmati jurnalistlari pora olganlikda ayblanmoqda
5.06.2020 11:00,  
420

O‘tgan yil «Ozodlik» radiosining qirg‘iz xizmati, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani tadqiq qilish markazi (OCCRP) va Qirg‘izistondagi Kloop sayti «Markaziy Osiyo yuragida patronaj va talon-taroj» deb nomlangan mustaqil jurnalistik surishtiruvni e’lon qilgan edi.

Qirg‘iziston davlat xavfsizlik xizmatining da’vo qilishicha, «Ozodlik» radiosi Qirg‘iz xizmati muxbirlari pul yuvish bilan shug‘ullangan taniqli tadbirkordan 100 ming dollar pul olgan.

Amerika Ovozi nashrining ma’lum qilishicha, bu da’vo uzoq yillar yuzlab million dollar mablag‘ni Qirg‘izistondan chetga tashigan xitoylik uyg‘ur biznesmen Aerkin Saymaiti o‘limiga oid parlament tinglovida olg‘a surildi.

«Ozodlik» radiosi prezidenti Jeymi Flayning ta’kidlashicha, bu ayblovlar jurnalistlarga qarshi «o‘zlarining boyliklari va qudratlarini himoya qilishni istagan korrupsionerlarning qasosidir».

Noyabr oyida Istanbulda o‘ldirib ketilishidan oldin Saymaiti qanday qilib Qirg‘izistondan pullarni naqd ko‘rinishda va kurer orqali olib chiqib ketganiga oid moliyaviy hujjatlarni jurnalistlarga taqdim etgan edi.

Saimaiti vafotidan so‘ng «Ozodlik» radiosining qirg‘iz xizmati, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani tadqiq qilish markazi (OCCRP) va Qirg‘izistondagi Kloop.kg sayti «Markaziy Osiyo yuragida patronaj va talon-taroj» deb nomlangan mustaqil jurnalistik surishtiruvni e’lon qildi.

Surishtiruvda jinoiy sxema figurantlaridan biri sifatida Qirg‘iziston Davlat Bojxona agentligi raisining sobiq o‘rinbosari Raimbek Matraimov nomi tilga olingan. Jurnalistlar hisoboti e’lon qilinishi ortidan Qirg‘izistonda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy o‘yinlarda ta’sirchan vositachi sifatida ko‘riladigan Matraimov va uning oilasi Sayimaitiga va Qirg‘iziston bojxona xizmatidagi korrupsiyaga aloqadorligini rad etdi. U va uning oilasi jurnalistlar ustidan tuhmat da’vosi bilan sudga murojaat qildi.

Korrupsiyaga oid surishtiruv e’lon qilinishi ortidan «Ozodlik» radiosi muxbiri Ali Toktakunovga nisbatan bir necha o‘lim tahdidlari bo‘lgani ham xabar qilindi.

Tergovchilarga ko‘ra, Saymaiti Markaziy Osiyo, Yevropa, AQSh va BAAda yuk tashish hamda ko‘chmas mulk bo‘yicha biznes imperiyasini qurgan uyg‘ur biznesmeni Habibulla Abdukadir bilan pul masalasida kelishmovchiliklarga ega bo‘lgan.

Saymaiti Abduqodir uchun dunyo bo‘ylab yuzlab million dollar mablag‘ ko‘chirgan. Habibulla Abdukadir nomi jurnalistlar surishtiruvi noyabr oyida e’lon qilinguncha jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan.

Tergovda guvohlar aytgan ma’lumotga tayanib, Qirg‘iziston Xavfsizlik xizmati xodimi Samidin-ulu Sag‘inbekning aytishicha, Saymaiti Abduqodirga bosim o‘tkazish va o‘z moliyaviy muammosini hal qilish uchun jurnalistlarni yollagan.

Sud majlisida video orqali guvohlik berganlardan biri Qirg‘izistonning Istanbuldagi sobiq bosh konsuli Erkin Sopokovdir.

Saymaiti o‘ldirilgan kechada Sopokovning avtomobili Istanbuldagi qotillik yuz bergan kafe oldidan topilgan.

Ishdan bo‘shatilganidan va Qirg‘izistonga qaytganidan so‘ng Sopokov Saymaiti va boshqalarga mashinasidan foydalanishga ruxsat berganligi uchun xizmat vazifasini suiste’mol qilganlikda ayblanib hibsga olingan. Shuningdek, u noqonuniy mablag‘ jamg‘arishda ham ayblanmoqda.

Tergovchilar guvohlarning da’volarini tasdiqlovchi biron-bir hujjat yoki boshqa dalillarni taqdim etmadi. Saymaiti jurnalistlarga bergan hujjatlarning soxtaligi haqidagi da’volar yuzasidan ham dalillar ko‘rsatilmagan.

OCCRP bayonotida aytilishicha, Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati tergovda «faqat qotillik qurboniga va jurnalistikaning o‘ziga e’tibor qaratmoqda».

«Agentlik ikkita guvohga ishondi, ulardan biri jurnalistlar soxta hujjatlarni ishlatgan deb da’vo qilgan. Ikkinchisi esa «Ozodlik» radiosi muxbiri tomonidan noto‘g‘ri xatti-harakatlar sodir qilinganini aytgan. Bu da’volar hujjatli dalillar bilan tasdiqlanmagan va ikkalasi ham kimdandir eshitganiga tayangan», - deyiladi OCCRP bayonotida.

Ozodlik, OCCRP va Kloop birgalikda aprel oyida o‘tkazgan surishtiruv 2019 yil uyushgan jinoyatchilik to‘g‘risida eng yaxshi jurnalistik ishlarni taqdirlovchi «Surishtiruvchi reportyorlar va muharrirlar» nodavlat tashkilotining nufuzli «Tom Renner» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан