Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi ilk bank o‘z xalqaro obligatsiyalarini chiqardi. Talab juda yuqori
26.11.2019 16:38,  
573

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 5 yilga mo‘ljallab chiqargan 300 million dollar qiymatidagi xalqaro obligatsiyasi London birjasida listingga qo‘yildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Moliyaviy konsultantlar tavsiyasiga ko‘ra, obligatsiyaning ilk daromadlilik darajasi 6,50 % etib belgilandi. Obligatsiya tranzaksiyasi 08:23 (London vaqti bilan)da e’lon qilingan bo‘lsa, soat 10:00 da tranzaksiya to‘liq qoplandi, ya’ni chiqarilgan obligatsiyalarni to‘liq sotib ololadigan xaridorlar topildi va soat 12:10ga kelib 800 million dollarni tashkil etdi.

Oradan ikki soat o‘tgach (14:00da) buyurtmalar kitobi $1,2 mlrd. (tranzaksiyadan 4 barobar ko‘p buyurtma) bilan yopildi.

Obligatsiyalarning daromadlilik stavkasi uch marta pasaytirildi, ya’ni obligatsiyaning “narxi” oshdi: London vaqti bilan soat 12:25da 0.125%ga pasaytirilib, 6.375 %ni tashkil qildi. Buyurtmalar kitobi yopilgach, yana 0.375%ga pasayib, 6%ni tashkil qildi. Soat 17:00da esa 5.75%ni tashkil qildi.

Mazkur tranzaksiya O‘zbekiston tarixida ilk bora “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqarilgan korporativ xalqaro obligatsiyalar boshqa tijorat banklari va korxonalar uchun “benchmark” bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zSQBning obligatsiyalarini sotib oladigan investorlar tijorat bankni Rossiyaning “Moskovskiy kreditniy bank” (5 yillik 5.3%), Gruziyaning “TBC bank” (5 yillik 5.75 % kupon) hamda Turkiyaning “Akbank” (5 yillik 6%) banklari obligatsiyalari bilan taqqosladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан