Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zsuvta’minot» Sirdaryo hokimining suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollar o‘zlashtirilgani haqidagi bayonotini rad etdi
23.12.2021 11:15,  
221

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Xovos tumaniga suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 million dollardan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani haqida gapirgandi «O‘zsuvta’minot» AJ mazkur bayonotni rad etib, pullar nimaga sarflanganini ochiqladi.

«126 ming aholini suv bilan ta’minlash masalasida Xovos tumanida Osiyo taraqqiyot bankidan olinayotgan mablag‘larning talon-toroj qilingani, buni deputatlar, siz yaxshi bilasiz, senatorlar bilan uchrashuvda ham bir necha bor muhokama qilindi. 7 million dollardan ortiq mablag‘. Chunki u yerda sifatsiz, bizning sho‘r sharoitimizga, tuproq sharoitimizga to‘g‘ri kelmaydigan sifatsiz quvurlar olib kelib o‘rnatishgan», — degan G‘ofur Mirzayev 20 dekabr kuni viloyat aholisiga murojaatida.

«O‘zsuvta’minot» AJning ma’lum qilishicha, 2016 yil 23 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tuman markazlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng, Xalqaro tender komissiyasining bayonnomasiga asosan pudratchi sifatida Turkiyaning «Alke Insaat Sanayi ve Ticaret» kompaniyasi g‘olib deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyihani amalga oshirish uchun jami 7 million 310 ming dollar pul ajratilgan. Loyiha xabarda aytilayotganidek Osiyo taraqqiyot banki emas, balki Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan bo‘lib, bunda Jahon banki tomonidan 6 million 250 ming dollar, O‘zbekiston tomonidan esa 1 million 060 ming dollar ajratilgan.

«Ushbu mablag‘lar talon-toroj qilinmay, pudratchi tomonidan loyihada ko‘zda tutilgan barcha ishlar bajarilgan. Xususan, pudratchi tomonidan subpudratchi Mega-Mebiko qo‘shma korxonasi bilan birgalikda ‘Sergeli’ suv inshootidan Xovos tumanining ‘Oqchangal’ aholi yashash punktigacha 28 kilometr masofaga diametri 700 millimetr bo‘lgan shisha tolali quvurlar yotqizilib, qurilish-montaj ishlari 2019 yilning iyun oyida tugatildi», — deyiladi «O‘zsuvta’minot» bayonotida.

Keltirilishicha, bugungi kunda quvurlar suv bosimini ko‘tara olmayotgani tufayli tarmoqda bir qancha sizgichlar paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida, aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bermayapti.

Biroq bugungi kunda quvurlar suv bosimini ko‘tara olmayotgani tufayli tarmoqda bir qancha sizgichlar paydo bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini bermayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан