Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya davrida Amerikalik milliarderlarning boyligi 15 foizga oshdi
22.05.2020 21:53,  
238

Amerikalik milliarderlar pandemiya davrida (mart oyining oxiridan may oyining oxirigacha) o‘z boyliklarini 15 foizga oshirdi, deyiladi Americans for Tax Fairness tahliliy guruhi hamda Institute for Policy Studies instituti tadqiqotida.

Tadqiqot Forbes ma’lumotlari asosida 18 martdan 19 maygacha bo‘lgan davrda boylikning o‘zgarishini hisobga oldi. Bu vaqt ichida u $434 mlrd.ga o‘sib, $3,332 trln.ga yetadi. 

Ushbu boylik o‘sishining beshdan bir qismi Amerikaning 5 ta eng yirik milliarderlari - Amazon asoschisi Jeff Bezos, Microsoft hammuassisi Bill Geyts, Facebook asoschisi Mark Zukerberg, Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet va Oracle hammuassisi Larri Ellison hissasiga to‘g‘ri keladi.

  • Ikki oy ichida foiz hisobida boylikning eng katta o‘sishga Menards xo‘jalik mollari sotuvchi do‘konlar tarmog‘i egasi kichik Jon Menar (62,8%) hamda Tesla asoschisi Ilon Mask (48%) erishgan.
  • Mark Zukerberg ham 46 %ga yoki $25,3 mlrd.ga boyidi.
  • Pul o‘sishi ekvivalentida Jeff Bezos yetakchilik qilmoqda - uning boyligi 30,6 foizga yoki 34,6 milliard dollarga o‘sgan.
  • Geytsning boyligi 8,2 foizga yoki 8 milliard dollarga oshdi.
  • Baffet 564 million dollar ishlab topdi, shu bilan uning boyligi 0,8 foizga oshdi,
  • Elliston esa - 7 milliard dollarga (qo‘shimcha 11,9%).

Amerika boylarining nafaqat boyligi, balki ular soni ham ortgan. Mamlakatda mart oyida 614 ta milliarder bo‘lgan bo‘lsa, mayga kelib ular soni 630 taga yetdi.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tengsizlik muammosini ochib berdi: milliarderlar soni o‘sib borar ekan, qashshoqlik yoqasida turganlar soni ko‘paymoqda. Shunday qilib, Jahon banki inqiroz 60 million odamni "o‘ta qashshoqlik" ga olib kelishini bashorat qilmoqda. Bungacha, BMT 2020 yilda 34,3 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastga tushishini bashorat qilgan edi, ularning 56 foizi Afrika mamlakatlarida. 2030 yilga kelib, yana 130 million kishi pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari tufayli qashshoqlikka tushishi mumkin. Bu barcha mamlakatlarning qashshoqlikni kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlariga jiddiy ta’sir qiladi.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli 60 mln odam o‘ta qashshoqqa aylanadi— Jahon banki

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан