Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya davrida bog‘chalarning faoliyatiga qo‘yiladigan sanitariya talablari e’lon qilindi
21.08.2020 10:35,  
621

“COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va hisobga olindi.

Adliya vazirligining ma’lum qilishishicha, ushbu hujjat vazirlikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan ilk texnik hujjat hisoblanadi.

Mazkur hujjat COVID-19 infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Hujjatga ko‘ra, MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:

  • - tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda boradi;
  • - tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi;
  • - tarbiyalanuvchini MTTning mas’ul xodimi qabul qilib oladi hamda tibbiy xodim tomonidan «ertalabki filtr» o‘tkaziladi va ko‘rsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi;
  • - tarbiyalanuvchi «ertalabki filtr»dan o‘tgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni yechadi, kiyim va poyabzalini almashtiradi, so‘ngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam bo‘lmagan muddatda qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvadi;
  • - MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2 marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va ehtiyoj bo‘lganda o‘lchanadi.
  • Shuningdek, hujjatda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan.

Jumladan, o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi o‘zaro munosabatlarni cheklash orqali 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, texnik hujjatlar joriy yilning 1 iyulidan e’tiboran Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinadi va kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан