Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya davrida olingan kredit uchun kredit ta’tili berilmaydimi?
18.08.2020 16:50,  
944

"Kredit ta’tili olish uchun bankka ariza berganman, lekin hali-hamon ijobiy natija yo‘q. Kreditning o‘zini ham, foizini ham to‘lab kelyapman. Bank xodimlaridan so‘rasam, kreditingizni joriy yil 15 martdan oldin olgan bo‘lsangiz, imtiyozdan foydalana olasiz, keyinroq olganlarga imtiyoz berilmaydi, kreditni to‘liq to‘lashadi, deb aytishdi. Shunga aniqlik kiritib o‘tsangiz", - deya Markaziy bankka fuqarolardan biri murojaat qilgan.

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, regulyator tijorat banklariga karantin cheklovlari daromadlariga salbiy ta’sir etgan mijozlarning kredit to‘lovlari muddatini ularning murojaatiga ko‘ra uzaytirishni tavsiya etdi.

Bunda kreditlarni qaysi davrgacha olganlik bilan bog‘liq hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan.

Biroq kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozim.

"Shu sababli, kelgusida qarz miqdori oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditini shartnomada belgilangan muddatlarda so‘ndirishi maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun bevosita tijorat banklarining ishonch telefoniga yoki elektron manziliga murojaat qilish mumkin", deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 11 ta tijorat banki o‘z mijozlari uchun 1 oktyabrgacha kredit ta’tillari bergan. Bular: Turonbank, Davr bank, Oriyent Finans bank, Aloqabank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aziya Alyans bank, Infinbank, Tengebank, Ravnaqbank hamda Trastbank.

Ma’lumot o‘rnida: kredit ta’tillari faqatgina kreditning asosiy qarzi uchun beriladi. Kredit ta’tili mobaynida ham kredit uchun foiz hisoblanadi. Kredit ta’tili olgan mijoz, olmaganiga qaraganda ko‘proq pul to‘laydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан