Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya sharoitida o‘quv markazlar faoliyati qay tartibda tashkil etiladi?​
9.09.2020 11:29,  
219

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda pandemiya davrida muhim bo‘lgan savollar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Pandemiya sharoitida o‘quv markazlar faoliyati qanday tartibda tashkil etiladi?

Javob: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pandemiya sharoitida tashkilotlar va korxonalar, jumladan xususiy maktab va bog‘cha, shu bilan birga xususiy o‘quv markazlarda ish faoliyatini tashkil etish borasida vaqtinchalik SANPIN qoidalari va me’yorlari tasdiqlangan.

Mazkur SANPIN qoidalari va me’yorlari asosida xususiy maktablar, bog‘chalar va o‘quv markazlarga quyidagilar belgilab berilgan:

- barcha korxona va tashkilotlarda tashrif buyurayotganlarni filtrdan o‘tkazish (tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalari bilan qo‘llarga ishlov berish), shu bilan birga agar imkoniyat bo‘lsa niqoblar va qo‘lqoplar bilan ta’minlash;

- har bir qavatlarda antiseptik vositalari bilan qo‘llarni ishlov berish yoki qo‘llarni sovun bilan yuvish imkoniyatlarini yaratish;

- kundalik xlor tarkibli vositalar bilan tozalov ishlarini olib borish va belgilangan tartibda DSEN bilan kelishgan holda birlamchi va keyinchalik shartnoma asosida binolarni dezinfeksiyalash;

- darslarni tashkil etish borasida – 2 metrlik masofani saqlagan xolda ta’lim oluvchilarni joylashtirish, bunda auditoriyalarni katta kichikligidan kelib chiqqan holda tahsil oluvchilar soni 10-15 tadan oshmasligi kerak;

- barcha o‘quvchilar niqobda bo‘lishlari kerak va har 2-3 soatda niqoblarni almashtirish talab etiladi;

- xonalarni kuniga 2-3 marta shamollatish;

- darslar davomiyligi o‘quv markazi belgilagan tartibda o‘tkaziladi, lekin 30-40 minut oralig‘ida xonalarni shamollatish uchun o‘quvchilarga tanaffuslar berish;

- imkon bo‘lsa, barcha darslar tugaganidan so‘ng xonalar havolarini KVARSlash tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан