Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya tufayli joriy etilgan soliq imtiyozlarining muddatlari uzaytiriladi
21.07.2020 15:29,  
420

Avval xabar qilganimizdek, «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Farmoni (PF–6029-son, 20.07.2020 y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yilda Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.

Prezidentning 2020 yil 18 maydagi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi:

mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha berilgan imtiyozlar:

- kichik tadbirkorlik sub’yektlari;

- bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun;

- ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish bo‘yicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar;

- bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha 1 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan, tovarlarni olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddatini kechiktirish taqdim etish;

- mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirishni to‘xtatish.

Umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qat’iy nazar qo‘llaydi.

Auditorlar, riyeltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga o‘qituvchilarning 2020 yil 1 martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddati navbatdagi malakaviy imtihonlarni o‘tkazish sanasiga qadar uzaytiriladi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Saxovat va ko‘mak» fondi, «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalariga beg‘araz yordam berish qismida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilishi 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан