Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya tufayli O‘zbekiston yana byudjet xarajatlarini qisqartiradi
14.08.2020 10:39,  
690

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish maqsadida 2020 yildagi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Unga muvofiq, respublika byudjeti qariyb 706 mlrd so‘mga optimallashtiriladi. Jumladan, byudjet tashkilotlarida 2021 yilning 1 yanvariga qadar moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shu jumladan direktor jamg‘armasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan to‘lovlar to‘xtatib turiladi. Bunda 296 mlrd so‘m tejaladi.

Ikkinchidan, byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar sotib olish uchun 55,4 mlrd, xizmat safarlari uchun 15,9 mlrd va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish to‘xtatiladi.

Uchinchidan, mahalliy byudjetlarning 326 mlrd so‘mlik xarajatlari optimallashtiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlar bo‘yicha limitlar ham qayta ko‘rib chiqiladi. Natijada 130 mlrd so‘mcha mablag‘ iqtisod qilinadi.

To‘rtinchidan, maqbullashtirilgan mablag‘lar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан