Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya vaqtida o‘zbekistonliklar go‘sht iste’molini sezilarli darajada qisqartirdi
20.08.2020 17:33,  
400

Markaziy bank aholi turmush darajasi va inflyasiya bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning II choragida uy xo‘jaliklari daromad va jamg‘armalari sezilarli pasaydi.

So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning asosiy qismi – 35,0 foizi o‘rtacha 2-4 mln. so‘m oylik daromad ega ekanligini ma’lum bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich joriy yil I choragida 38,7 foizni tashkil etgan.

Foto: Markaziy bank 

Respondentlarning 21 foizida oilaviy o‘rtacha oylik daromad 2 mln. so‘mgacha bo‘lib, ushbu guruh ulushi I chorakka (8 foiz) nisbatan sezilarli darajada o‘sgan. II chorakdagi so‘rovda mazkur kam daromadli guruh ulushining sezilarli o‘sishi karantin cheklovlari ta’sirida norasmiy sektor va xizmatlar sohasida ish joylarining qisqarishi hisobiga aholi daromadlarining kamayganligi bilan izohlanadi.

Shuningdek, o‘rtacha 4-6 mln. so‘m daromadga ega uy xo‘jaliklarining ulushi ham I chorakdagi 31 foizdan II chorakda 22 foizgacha pasaydi. 

So‘rovnomada ishtirok etgan jami respondentlardan 56 foizi pandemiya sababli oilaviy daromadlarining kamayganligini  ta’kidlagan bo‘lsa, 15 foizi daromadsiz qolganligini bildirgan.  

Respondentlarning 48 foizi pandemiya natijasida oilaviy jamg‘armalari kamayganligini, 28 foizi esa oilaviy jamg‘armasiz qolganligini ta’kidlagan.

Uy xo‘jaliklarining go‘sht mahsulotlari uchun o‘rtacha oylik xarajatlari II chorakda oldingi chorakka nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Xususan, oylik daromadi 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan aholining oylik o‘rtacha go‘sht mahsulotlari xaridi I chorakka nisbatan 39,5 foizga yoki 107 ming so‘mga kamayib 164 ming so‘mni tashkil etgan. 

Mazkur farq oylik daromadi 2-4 mln. so‘m bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 161 ming so‘mga, daromadi 10 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 528 ming so‘mni tashkil etdi. Karantin paytida xizmatlar uchun xarajatlar sezilarli qisqardi, jumladan transport xarajatlari o‘tgan chorakka nisbatan 16% ga kamaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан