Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiyada tashqi qarz $3,1 mlrdga ko‘paydi
23.09.2020 11:14,  
192

Markaziy bank 2020 yilning I yarim yillik yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi" nashri taqdim etdi.

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boshidan 12,7% ga yoki 3,1 mlrd. dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 iyul holatiga 27,6 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Infografika: Markaziy bank 

 

Davlat tashqi qarzi 17,5 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda. 2020 yilning yanvar-iyun oylarida hukumat $1,7 mlrd. kredit olgan.

Xususiy tashqi qarz esa jami qarzning 37% ini tashkil etib, $10,1 mlrdga yetgan. Sektordagi eng yirik qarz bank ($4,6 mlrd), neft-gaz va energetika ($4,4 mlrd) sohalariga yo‘naltirilgan.

Qarzlarning 73,5% i 10 yildan ortiq muddat ichida qaytarilishi kerak.

O‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha $261 mln. miqdordagi asosiy qarz va $168 mln. miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha $719 mln. va foiz to‘lovlari bo‘yicha $195 mlnni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан