Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Naqd pul tushumlarining hajmi qariyb inqirozgacha bo‘lgan darajada tiklandi
6.07.2020 18:20,  
311

Markaziy bank 2020 yilning dastlabki yarim yilligida naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, 2020 yil aprel oyida banklar kassalariga naqd pul tushumining mart oyiga nisbatan qariyb 41 foizga kamayishi kuzatilgan bo‘lsa, iyun oyida aprelga nisbatan 85 foizga ko‘payib, 14,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Biroq, iyun oyidagi ko‘rsatkich karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatdan (joriy yil yanvarda – 15,8 trln. so‘m ) biroz kamligicha qolmoqda. Shuningdek, bu ko‘rsatkich epidemiologik holatning yaxshilanishi va karantin talablarining yumshatilishi ortidan keyingi oylarda ijobiy tomonga o‘zgarishini kutish mumkin.

Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

(2018-2020 yil yanvar-iyun oylari)

Naqd pul tushumlarining iyun oyida aprelga nisbatan o‘sish hajmining qariyb 3,5 trln. so‘mi savdo va pullik xizmatlardan, 1,4 trln. so‘mi bank xizmatlari bo‘yicha tushumlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu “yashil” va “sariq” hududlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari faoliyatining qayta tiklanishi hamda avtomashinalar harakatiga nisbatan ta’qiqlarning yumshatilishi, shuningdek, aholi tomonidan bo‘sh mablag‘larni bank omonatlariga, kreditlarning qaytarilishiga hamda naqd chet el valyutasini sotib olishga yo‘naltirilishi hisobiga yuzaga keldi.

Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning maqsadlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi

(2018-2020 yil yanvar-iyun oylari)

O‘z navbatida, 2020 yilning aprel oyida banklar kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar mart oyiga nisbatan 35 foizga kamayishi kuzatilgan bo‘lsa, iyun oyida bu ko‘rsatkich aprel oyiga nisbatan 53 foizga ko‘payib, 14,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmi dinamikasi 

Yana bir e’tiborli holat, 2020 yilning iyun oyida bank kartalariga jami 15,9 trln. so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 6,1 trln. so‘m aholi tomonidan naqdlashtirib olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан