Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiyaga qaramay O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot eksporti 42 %ga ortdi
16.06.2020 17:57,  
176

Pandemiyaga qaramay O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri meva-sabzavotlar yetkazib berish joriy yilning dastlabki to‘rt oyida (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan) 42 foizga ortdi. Rossiya bozoriga eksport hajmi $25,6 mln.ga yetdi.

Bu yerda faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilgan mahsulotlar aks etgan, deydi tahlilchilar. O‘zbekistonning meva va sabzavotlari Rossiyaga uchinchi mamlakatlardan tranzit orqali keltirilgan mahsulotlar har doim ham Rossiya import statistikasida "O‘zbekistondan keltirilgan deya" aks ettirilmaydi.

O‘zbekistonlik eksportchilar eng katta daromadni issiqxonada yetishtirilgan pomidorlar sotishdan olishmoqda - umumiy eksport tushumining 19,3 %ini pomidor savdosi tashkil etadi. Daromadning qariyb 13,8 foizi karam, 8 foizi limondan olingan. Shu bilan birga, yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga issiqxona pomidorining eksporti 2019 yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi, karam eksporti 69% ga o‘sdi va limon eksporti esa 2,8 martaga oshdi.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Rossiyaga karam yetkazib berish bo‘yicha, Xitoydan keyin ikkinchi, limon yetkazib berish bo‘yicha Turkiya, Marokash va Misrdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu davrda yangi karam va brokkoli eksporti keskin o‘sdi - 2,3 baravar. O‘zbek o‘riklari yetkazib berish 75 %ga, quritilgan o‘rik savdosi esa 5 barobarga oshdi. Bu esa O‘zbekistonga Rossiya bozorida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar, Tojikiston, Armaniston va Xitoyni ortda qoldirib Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lish imkoniyatini berdi. 

Shu bilan birga, dastlabki to‘rt oy ichida mayiz eksporti 34% ga kamaydi. Bundan tashqari, yangi uzum, muzlatilgan sabzavot va quritilgan mevali kompot aralashmalarining eksporti biroz pasaygan. Yangi piyozning eksporti esa keskin ma’noda pasayib ketdi - dastlabki to‘rt oy ichida daromad 14 baravar kamaydi.

Muzlatilgan mevalarning O‘zbekistondan Rossiyaga eksporti 3 baravar, yangi sabziniki esa 3,5 baravar oshdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан