Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








Pandemiyaga qaramay Xitoyda milliarderlar soni ortib bormoqda
21.10.2020 12:49,  
257

2020 yilda Xitoyda milliarderlar soni qariyb 30 foizga o‘sdi, deb xabar beradi Hurun Report.

Hurun tadqiqot instituti Xitoyning 2020 yilgi boy odamlari ro‘yxatini tuzdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda mamlakatda 878 milliarder bor, bu o‘tgan yilga nisbatan 257 taga ko‘p.

Alibaba asoschilaridan biri Jek Ma uchinchi yil sharafli birinchi o‘rinni saqlab qoldi, e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra u Poni Ma va Chjan Shanshanni ortda qoldirdi.

"Dunyo bir yil ichida farovonlikning bunday keskin yaxshilanishini hech qachon ko‘rmagan edi. Xitoylik tadbirkorlar kutilganidan ancha yaxshi ishladilar. COVID-19 ga qaramay, ular avvalgi besh yilga qaraganda tezroq rekord darajaga ko‘tarilishdi", - dedi institut raisi Rupert Xugeverf.

Hisobotga ko‘ra, ro‘yxatdagi odamlarning o‘rtacha yoshi 55 yoshni tashkil etdi, 256 kishining yoshi 40 dan kichik.

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan