Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Pandora arxivi»da vazir Sardor Umurzakovning turmush o‘rtog‘i ismi ochiqlandi. Vazirlik bu holatga izoh berdi
17.04.2022 18:58,  
989

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning turmush o‘rtog‘i Nodira Umurzakova va qaynotasi Marlen Azizov ismlari «Pandora arxivi»da ham ochiqlangan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Marlen Azizov 90 yillarda Rossiya va qator Yevropa mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Nodira Umurzakova esa hech qachon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan va chet eldagi qandaydir aktiv yoki ko‘chmas mulkning benefitsiari yoki mulkdori bo‘lmagan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “Pandora Papers” hujjatlarida uning ismi keltirilishi Marlen Azizovning oila a’zosi sifatida xato ko‘rsatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozirda bunday noaniqlik sababi o‘rganilmoqda.

Ro‘yxatda, shuningdek, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning turmush o‘rtog‘i Rano Ramatovaning nomi ham keltirilgan, «bu axborot yolg‘on bo‘lib, haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi». OCCRP esa mamlakatdagi yirik biznes loyihalaridan birida uning maxfiy rolini qayd etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан