Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Panjisher marshal Do‘stum ishtirokida Tolibonga yoqimsiz syurpriz tayyorlamoqda
8.09.2021 19:42,  
1155

Tolibon rejimini ma’qullamagan sobiq afg‘on rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlovchi kengashni tuzadi. Bu haqda Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar ma’lum qildi — deya xabar bermoqda ’Sputnik O‘zbekiston’.

Unga ko‘ra, ular yaqin vaqtlarda kengashni chaqirishni rejalashtirmoqda.

"Afg‘onistonning siyosiy liderlari, shu jumladan marshal Abdul-Rashid Do‘stum, yaqinda Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlash kengashini tuzadilar",- dedi elchi.

Diplomat respublikaning yangi hukumati bilan ishlash niyati yo‘qligini ta’kidladi, chunki u inklyuziv hukumat emas. Endi u mamlakat sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solihning Tojikistondagi vakili bo‘ladi.

Ag‘bar jahon hamjamiyatini kuni kecha e’lon qilingan Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasi tarkibini tan olmaslikka chaqirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан