Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parijdagi Olimpiada va Paralimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi
9.11.2021 15:18,  
41

O‘zbekiston prezidenti 5 noyabrdagi qarori bilan 2024 yil Parijda (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqladi.

Maqsadli ko‘rsatkichlar:

  • Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 tadasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo‘yicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan, 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo‘yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash,
    ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qo‘lga kiritishni;
  • Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan, bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo‘yicha jami 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritishni nazarda tutadi.

Hujjatda qayd etilishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yil dekabrda qabul qilingan qarorga asosan 2024 yildagi Olimpiya o‘yinlarida ilk borgender tenglik ta’minlanib, erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalar soni teng ravishda belgilab berildi.

Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda2024 yildagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o‘rtasida ayol sportchilarulushini oshirish choralarini ko‘rish topshirildi. Bunda, ularning erkak sportchilar sonidan farqi +/-3 foizgacha bo‘lishini ta’minlanadi.

Bundan tashqari, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida ayollar uchun qabul kvotalari oshiriladi.

 

 

Ikki oy muddatda aholi o‘rtasida gender tenglik tamoyillarini «mahallabay» tizimi asosida taniqli sportchilar ishtirokida targ‘ib qilish dasturi ishlab chiqiladi.

O‘yinlarga tayyorgarlik doirasida sportchilar va murabbiylarga har oylik stipendiya to‘lanadi. Milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik to‘lanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va boshqa yordam ko‘rinishida olinadigan to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sug‘urta badallari hisoblanmaydi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalari (kuboklari) g‘oliblari hamda sovrindorlari, shuningdek, sportchilarni tayyorlagan trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rag‘batlantirishning zamonaviy tizimi joriy qilinadi.

O‘zini namoyon eta olgan milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari, shifokorlari va boshqa sport mutaxassislari uy-joybilan ta’minlanadi. Shuningdek, sportchilar, trenerlar, shifokorlar va boshqa sport mutaxassislarining bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanishning aniq mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан