Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parkent tumani hokimining Captiva sotib olish qarori bekor qilindi
6.10.2020 14:10,  
216

Avvalroq Parkent tumani hokimligi byudjet pullari evaziga tuman hokimi Nigmat Muhamedovning o‘g‘li Sardor Nigmatovich Isroilovga qarashli korxonadan haydalgan Captiva avtomashinasini hokimning xizmat avtomobili sifatida sotib olgani xabar qilingan edi.

Keyinroq tuman hokimligi ushbu masala yuzasidan tushuntirish berdi.

Oradan bir kun o‘tib Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Parkent hokimligining ishi yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.

Bugun, 6 oktyabr kuni Agentlik Parkent tumani hokimligining harakatlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari aniqlanganligi haqida xabar berdi.

Ushbu masala yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan Parkent tuman hokimining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari o‘tkazilgan. 

Tekshirishlar davomida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilgani, xususan avtomashina sotib olishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. 

Natijada tuman hokimining avtomashina sotib olish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilingan va “Mega Karer” MChJ tomonidan 260 mln. so‘m pul mablag‘lari tuman hokimligi hisob raqamiga qaytarib o‘tkazib berilgan. Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан