Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parkent tumani hokimligi olgan “Kaptiva” yuzasidan izoh berildi
20.09.2020 09:00,  
1951

Parkent tumani hokimligi tomonidan xarid qilingan "Kaptiva" avtomashinasi bo‘yicha xabarlar tarqaldi edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov izoh berdi.

Unda aytilishicha, haqiqatan ham, tuman hokimligi "Kaptiva" rusumli avtomashina uchun shu kunlarda mablag‘ o‘tkazgan. Vositachi korxona ta’sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligi ham to‘g‘ri. 

Izohlanishicha, Parkent – tog‘ va tog‘oldi hududlardan tarkib topgan. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda tuman hokimligi "Kaptiva" mashinasini xarid qilishni rejalashtirgan. Biroq, o‘sha vaqtda tuman byudjetida yetarli mablag‘ bo‘lmagani tufayli, tuman hokimining farzandi, ya’ni "MEGA KARER" MChJ ta’sischilaridan biri otasi foydalanishi uchun mazkur mashinani berib turgan.

Og‘zaki kelishuvga ko‘ra, tuman byudjetida yetarli mablag‘ bo‘lgan paytda pul o‘tkazib beriladigan bo‘lgan. Ya’ni, mashina tuman hokimligi ixtiyoriga berilgan paytda yangi bo‘lgan. Oradan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, to‘lov qobiliyati shakllanganidan keyin bu mablag‘lar firmaga baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan narxga ko‘ra o‘tkazib berilgan.

Yanayam aniqroq aytganda, tuman hokimining farzandi tuman hokimligiga yangi "Kaptiva"ni keyinroq to‘lab berish shartiga rozi bo‘lgan holda topshirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан