Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi
18.10.2021 16:02,  
383

Bu Parkent tuman prokuraturasi tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlandi.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019−2020 moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini 1 mlrd 193 mln 205 ming so‘m miqdorda buzgani, shuningdek, 1 mlrd 511 mln 123 ming so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda.

«Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, sohtalashtirib, noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan», — deyiladi Toshkent viloyati prokuraturasi xabarida.

Ayblanuvchilarga «qamoq», «uy qamog‘i» va «garov» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura ishni sudga oshirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан