Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parkentda Sanitariya inspeksiyasi mansabdorlari davlatga 397,6 million so‘mlik zarar keltirdi
21.07.2020 15:55,  
488

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati Parkent tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Xayot Shamsutdinov xabar berdi.

Unda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi Parkent tuman filiali mansabdor shaxslari tomonidan karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqaroning qilmishiga yarasha jarima tayinlamaslik, qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida rasmiylashtirish orqali 397,6 mln so‘mlik, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан