Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parlamentda YeOII bilan hamkorlikni tahlil qilish uchun ishchi guruh tuzildi
26.03.2020 12:11,  
186

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kengash yig‘ilishida mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, ushbu maqsadlarga erishish uchun xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirish zarurligi ta’kidlangan.

O‘zbekistonga Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi kerakmi?

Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi: Integratsiya sari “toshli yo‘l”

Ma’lum qilinishicha, quyi palatadagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. Unga Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov rahbar etib tasdiqlandi.

“YeOII bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta’sirini chuqur tahlil qilish, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligini o‘rganish, hamkorlikning har bir iqtisodiyot tarmog‘iga ta’siri bo‘yicha ijobiy va salbiy ta’sir yo‘nalishlarini aniq yoritib berish, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollari bilan o‘zaro bog‘liqligini quyi palatada har tomonlama ko‘rib chiqishni tashkil etish Ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilandi“, — deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

MAVZUGA DOIR: Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik muhimmi, yoki Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqimi?

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar Rejasi ham tasdiqlandi. Unda, jumladan, ushbu masalani siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar yig‘ilishlarida muhokama qilish, shuningdek, yetakchi ekspertlar ishtirokida turkum davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tadbirlar doirasida fuqarolar va biznes-hamjamiyat o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi. Bir nechta vazirlar, shu jumladan, Tashqi ishlar hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirlarining tegishli axborotlarini Qonunchilik palatasida eshitish ko‘zda tutilgan.

MAVZUGA DOIR: Jamshid Qo‘chqorov: “Agar foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”

Ma’lumot o‘rnida, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi 2014 yilda Rossiya Federatsiyasi, Belorus Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Shuningdek, bu Ittifoqqa 2015 yilda Armaniston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi a’zo bo‘lib kirgan, 2018 yildan e’tiboran Moldova kuzatuvchi maqomiga ega.

MAVZUGA DOIR: Migrant: YeOII haqida ertak aytmang! Patent bahona emas!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан