Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pashinyan iste’foga chiqdi
25.04.2021 13:25,  
266

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yakshanba kuni televizion murojaatida mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqishini aytdi.

«Bugun men 20 iyun kuni muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun iste’foga chiqmoqdaman», — dedi u.

Avvalroq Pashinyan navbatdan tashqari parlament saylovlari 20 iyun kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qilgandi. U parlamentni tarqatish mexanizmini boshlash uchun aprel oyida rasman iste’foga chiqishini, ammo hukumatni saylovgacha boshqarishini ma’lum qildi. Armaniston qonunchiligiga binoan, Milliy Majlisga navbatdan tashqari saylovlar parlament tarqatilganidan keyin 30 kundan so‘ng va uzog‘i bilan 45 kun ichida o‘tkaziladi. Tarqatish mexanizmi iste’foga chiqqanidan keyin rasman ishga tushishi mumkin. Agar deputatlar ikki hafta ichida ikki marta bosh vazirni saylamasalar, parlament tarqatib yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан