Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Umri tugayotgan» biometrik pasportlarni ID-kartaga almashtirish qanchaga tushadi?
9.03.2020 18:02,  
1625

Avval xabar qilganimizdek, “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

MAVZUGA DOIR: 2021 yil 1 yanvardan boshlab biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar beriladi

MAVZUGA DOIR: Endi xorijga chiqish pasportini elchixonalar orqali olish mumkin

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, O‘zbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini, ya’ni 198 ming 470 so‘mni (2020 yil 9 mart holatida) tashkil etadi.

ID-karta / Foto: IIV

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

MAVZUGA DOIR: Plastik shaklidagi yangi kadastr pasportining namunasi taqdim etildi 

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

  • 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;
  • 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан