Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pasportni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan hududdan ham olish imkoniyati joriy etilishi mumkin
17.10.2019 17:28,  
109

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda pasport olish bilan bog‘liq muhim savol berildi:

— Kecha Markaziy bank qarori bilan fuqarolar doimiy propiskasidan qat’i nazar istalgan hududdan kredit olishi mumkin bo‘ldi. Xuddi shu kabi fuqarolarga pasport youi haydovchilik guvohnomasini ham istalgan hududdan olish imkoniyatini yaratish mumkinmi? Shunda aytaylik Toshkent shahrida yashaydigan fuqaro viloyatga borishga majbur bo‘lmasdi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyoyev shunday javob berdi:

“Bu masala juda o‘rinli va bizning kun tartibimizda bor. Hozirda ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz. Tez orada pasportni nafaqat doimiy propiska qilingan hududidan, balki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan hududidan ham olish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflar kiritiladi”

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан