Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pavel Durov o‘z nomidan targ‘ib qilinayotgan firibgarliklar sababli Facebook’ni sudga bermoqchi
19.06.2020 14:40,  
87

Telegram tayyorlayotgan Telegram Open Network (TON) blokcheyn platformasi to‘xtatilganidan xabaringiz bor. Lekin ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ushbu messenjer va uning asoschisi nomidan qilinayotgan firibgarlik sxemalari uchramoqda.

Pavel Durov bu haqda rasmiy post e’lon qilgan bo‘lib, Telegram Uzbekistan uni o‘zbek tiliga o‘girgan va unda shunday deyiladi:

Bir yildan ortiq vaqtdan beri Facebook va Instagram kompaniyalari mening nomimdan targ‘ib qilinayotgan firibgar sxemalarining reklamasidan pul topmoqdalar. Misollar bu yerda → [1].

Ushbu firibgar sxemalar Facebook moderatorlari tomonidan tasdiqlanib kelmoqda, ular reklama e’loni rasmiy maqomiga ega bo‘lib, shu bilan odamlarni yo‘ldan urmoqda.

Ushbu sxemalar natijasida pul yo‘qotganlar orasida keksa odamlar va nafaqaxo‘rlar bor. Bunday firibgarlikning so‘nggi holati bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida tasvirlangan [2], ammo Facebook tomonidan ma’qullangan firibgarlik faoliyati haqida xabarlar bir yil oldin paydo bo‘lgan [3].

Foydalanuvchilarning ko‘plab shikoyatlari va g‘azablariga qaramay, Facebook va Instagram o‘tgan yilning kuzida [4] va shu yilning bahorida [5] bu kabi e’lonlarni targ‘ib qilishni davom ettirdi.

Na men, na Telegram odamlarga pul ishlash usullarini taklif qilmasligini bir necha bor ta’kidlaganmiz, ammo Facebook jamoasi mening ismimdan foydalangan soxta loyihalar reklamasini joylashtirishni to‘xtatmadi.

acebook bir yildan ko‘proq vaqt davomida shikoyatlarni e’tiborsiz qoldirib, foydalanuvchilarning moliyaviy tajribasizligidan pul ishlashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Facebook’ning rus moderatorlari jamoasi siyosiy senzurani tezkor ravishda amalga oshirayotganiga qarasak [6], kompaniyada reklama e’lonlarni baholash uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘lishi kerak.

Hafta oxiriga qadar Facebook o‘zining reklama platformasiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishi uning manfaatlariga kiradi. Umid qilamanki, kompaniya o‘z moderatorlarning xatti-harakatlari natijasida foydalanuvchilariga yetkazilgan zararni qoplaydi.

Agar bu amalga oshmasa, men Facebook va Instagram foydalanuvchilarini kompaniyaning firibgar reklama e’lonlarini tarqatish holatlarini saqlab olishga chaqiraman. Ushbu dalillar bu holatda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan SUD JARAYoNI doirasida kerak bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан